Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

YPX xodimlari tomonidan bedarak yo‘qolgan va qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlandi

A A A
YPX xodimlari tomonidan bedarak yo‘qolgan va qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlandi

2024 yil 30 oktyabr kuni soat 09:10 larda “Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelgan "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatilib, ushbu avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 1984 yilda tug‘ilgan M.YU.ning ma’lumotlari planshet yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, M.YU. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, hozirda qidiruvdaligi aniqlangan.

2024 yil 31 oktyabr kuni soat 16:50 larda, “Chinor” YPX maskanida "Cobalt" rusumli avtomobil to‘xtatilib, yo‘lovchisi, 2002 yilda tug‘ilgan Z.M.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro bedarak yo‘qolganligi, hozirda qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qidiruvda bo‘lgan M.YU. Chinoz tumani IIBga, bedarak yo‘qolgan Z.M. Ohangaron tumani IIBga topshirilgan.

Kiritildi: 02:53 02.11.2024. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!