Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

YPX xodimini masxara qilib videotasvirga olgan bloger va sherigi jazolandi

YPX xodimini masxara qilib videotasvirga olgan bloger va sherigi jazolandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining 2025 yil 5 dekabrdagi qarori bilan mahalliy bloger Maqsud Muzaffarov (1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) va uning sherigi B. R. (1999 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 195-2-moddasida (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Huquqbuzarlar M. M. va B. R. jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Shahrisabz shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori T. X.ni obro‘sizlantirish maqsadida uni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Sudning qaroriga ko‘ra M. M.ga 10 sutka va B. R.ga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Kiritildi: Bugun 15:18. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!