Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

YPX mashinalariga 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlaydigan qurilma o‘rnatilmoqda

YPX mashinalariga 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlaydigan qurilma o‘rnatilmoqda

Qurilma qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash va to‘xtab turish, harakatlanish tezligini oshirish, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik, taqiqlovchi chiroqda to‘xtab turgan vaqtida to‘xtash chizig‘ini bosish qoidabuzarliklarini, shuningdek davlat raqami belgisi orqali avtomobilning qidiruvda yoki yo‘qligini aniqlaydi.

Qoidabuzarliklar onlayn tarzda qayd etiladi va yashash manziliga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qaror yuboriladi.

Qurilma hozirda Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov yakunlangandan so‘ng respublikaning barcha hududlarida qo‘llash rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:52 02.08.2021. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!