Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

YPX inspektorlari soliq organi xodimining o‘limiga sabab bo‘lgani haqidagi xabarlar yuzasidan IIV bayonot berdi

A A A
YPX inspektorlari soliq organi xodimining o‘limiga sabab bo‘lgani haqidagi xabarlar yuzasidan IIV bayonot berdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlari soliq organi xodimining o‘limiga sabab bo‘lgani haqidagi xabarlar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi bayonot berdi.

«Joriy yilning 10 iyunida tungi soat 00:50larda Kattaqo‘rg‘on tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tumanning «Kadan» MFY hududidan o‘tuvchi 4R-243 avtomobil yo‘lining Alisher Navoiy va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha tungi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, fuqaro A.A. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtotransport svetoforning qizil chirog‘idan to‘xtamasdan o‘tib, xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi bo‘lgan.

Hududdagi 4R-243 avtomobil yo‘lining 7 kilometriga yetganida «Kobalt» yo‘l qatnov qismining o‘rtasida to‘xtab, haydovchi avtotransportni tashlab, piyoda qochishga uringan.

Huquqbuzar xodimlar tomonidan ushlanib, o‘ta mast holatda bo‘lganligi gumon qilinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilganida, fuqaro A.A. ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsata boshlagan.

Shu vaqt oralig‘ida tibbiy ko‘rikka olib borish uchun transport vositasiga o‘tkazilgan fuqaro A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay fuqaro A.A. vafot etgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy Ichki ishlar vazirligi O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi ishtirokida tuman prokuraturasi tomonidan ko‘zdan kechirilib, hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha jamoatchilikka to‘liq axborot beriladi», — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 17:43 11.06.2021. O'qildi: 3318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!