Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

YPX inspektori tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi

A A A
YPX inspektori tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi

Joriy yilning 17 yanvar kuni Qibray tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori safdor M.Abdullayev hujjatlarni tekshirish maqsadida “Lasetti” rusumli avtoulovni to‘xtatgan. Tekshiruv vaqtida avtomobilga tegishli hujjatlar yo‘qligi aniqlagan.

Shundan so‘ng, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida fuqaroga tegishli ma’lumot planshet orqali bazaga kirgizilganda, haydovchi A.X. qidiruvdaligi aniqlangan va u shu vaqtning o‘zida ushlangan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, haydovchi 1978 yilda tug‘ilgan A.X. JKning 168 moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan ayblanib, Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani IIO FMB tomonidan dekabr oyidan buyon qidiruvda ekanlini ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 13:26 19.01.2022. O'qildi: 2205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik