Fuqarolarning qonunlarga rioya etishi — asosiy talab.
Majburiy ijro byurosining Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan Marg‘ilon tumanlararo sudining 2024 yil 5 oktyabrdagi qarori ijrosi ta’minlandi.
Yozyovon tumani, Mustaqillik ko‘chasining muhofaza hududida qarzdor D. M.tomonidan 240 kv.m. yer maydonida qurilgan noqonuniy inshoot haqida ketmoqda. MIB tomonidan ixtiyoriy buzish muddati berilgan bo‘lsa-da, qarzdor bu talabni bajarmadi.
Shu sababli, MIB xodimlari majburiy ijro harakatlarini olib borib, noqonuniy qurilmani buzdirildi lar va yer maydoni dastlabki holatiga keltirildi.
Bu holat O‘zbekistonda qonun ustuvorligi doimiy ravishda ta’minlanishini va o‘zboshimchalik bilan qurilishlar qat’iyan oldi olinishini yana bir bor isbotladi. MIB bu borada qat’iy choralar ko‘rishda davom etadi.