Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Yoz yoki qishning qanday kelishini oldindan bilsa bo‘ladimi?

Yoz yoki qishning qanday kelishini oldindan bilsa bo‘ladimi?

Ob-havo alomatlari to‘g‘risidagi ko‘pgina noto‘g‘ri tasavvurlarimiz orasida “qish sovuq kelsa, yoz issiq bo‘ladi yoki yoz salqin kelsa, qish iliq bo‘ladi”, degan tushunchalar bor. Bu noto‘g‘ri tasavvur kompensasiya, ya’ni ob-havoning o‘rtacha yillik tartiboti albatta saqlanishi kerak, deb yozmoqda FVV matbuot xizmati.

Agar biror mavsumda bir tomonga chetlanish bo‘lsa, keyingi mavsumlarda buning aksi bo‘lishi kerak go‘yo. Albatta, yilning turli mavsumlaridagi ob-havo o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q. Buni ko‘pgina olimlar o‘z tadqiqotlarida tasdiqlagan. Ob-havoning anomal hodisalari nafaqat mavsumiy, balki yillik bo‘lishi ham mumkin.

Natijada ikki mavsum – ham yoz, ham qish bir yilning o‘zida anomal issiq yoki anomal sovuq ham bo‘lishi, bir anomal iliq mavsumdan keyin bir necha mavsumlar sovuq kelishi ham mumkin.

Mavsumiy ob-havo ma’lumotlari ba’zan to‘g‘ri chiqadi. Biroq yoz yoki qish qanday bo‘ladi, degan savolga olimlar hozircha ilmiy asoslangan javob topganlari yo‘q.

Kiritildi: 21:32 23.09.2019. O'qildi: 3440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!