Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqtdan so‘ng moxov kasalligi ikki holatda aniqlandi. Bu mamlakatda kasallikning ilk rasmiy tasdiqlangan holati hisoblanadi.

Ruminiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Reuters va European Pravdaga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 va 25 yoshli ikki massajchi shimoli-g‘arbiy Kluj shahridagi kurortda moxov kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda ular davolanmoqda. Boshqa ikki kishi ham kasallikni aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri A. Rogobete kurort mijozlarini xursand qilarli xabar bilan, kasallik yuqishi uchun uzoq muddatli yaqin aloqa talab etilishi haqida ta’kidladi. U bemorlardan birining yaqinda Osiyodan qaytganini va u yerda bir oy davomida kasalxonada davolanayotgan onasi bilan birga bo‘lganini ma’lum qildi.

Rahbariyat tergov tuguniga qadar kurortni vaqtincha yopdi. Ruminiyada moxov kasalligi bo‘yicha oxirgi tasdiqlangan holat 44 yil avval qayd etilgan edi.

Kiritildi: 15:07 13.12.2025. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!