Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

YouTubeda aqlli qidiruv funksiyasi paydo bo‘ldi

A A A
YouTubeda aqlli qidiruv funksiyasi paydo bo‘ldi

“Google” kompaniyasi “YouTube"ga yangi xususiyat qo‘shdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya “Google Lens” xizmatini videoxostingga birlashtirgan.

“Google Lens” — bu fotosuratlarni qidiradigan yordamchi dastur. Ilgari, yordamchi dastur faqat iOS va Android uchun Google mobil ilovasida ishlagan bo‘lsa, endi u “YouTube"da ham mavjud bo‘ladi.

“YouTube"da fotosuratlarni qidirishni boshlash uchun yuqoridagi qidiruv panelini va kvadrat linza belgisini qidirish kerak.

Ilova kameraga kirish uchun ruxsatni so‘raydi va keyin “Google Lens” ochiladi.

Kamerani kerakli ob’ektga yo‘naltirish va kattalashtiruvchi oyna ko‘rinishidagi “Izlash” tugmasini bosish kerak.

Yangilik allaqachon Android uchun “YouTube"ning mobil versiyasida mavjud. Bu xususiyat iPhone'da keyinroq paydo bo‘ladi. Yangilanish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Agar foydalanuvchi “YouTube"ning so‘nggi versiyasini o‘rnatgan bo‘lsa, biroq yangi xususiyatni topilmagan bo‘lsa, biroz kutish kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 07:43 14.06.2024. O'qildi: 1432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!