Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yoshlarning "Yashil tashabbuslar"i qo‘llab-quvvatlanadi

 Yoshlarning "Yashil tashabbuslar"i  qo‘llab-quvvatlanadi

Hukumat qarori (631-son, 08.10.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi "Yashil tashabbuslar"ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi "Yashil tashabbuslar"ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.

✅ Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi, jumladan:

🔹 yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uyg‘otish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish;

🔹 yoshlarning ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya manbalaridan foydalanish kabi ekologik loyihalarini qo‘llab quvvatlash;

🔹 mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;

🔹 yoshlarning daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarishlash kabi ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.

📌 Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.

Kiritildi: 18:39 09.10.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!