Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Poytaxtda davom etayotgan norozilik namoyishi fonida prezident mamlakatdan qochib ketdi

Poytaxtda davom etayotgan norozilik namoyishi fonida prezident mamlakatdan qochib ketdi

Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina davom etayotgan namoyishlar tufayli Antananarivoni tark etdi.

Bu haqda Jeune Afrique manbalarga tayanib xabar berdi.

Hozircha rasmiy bayonot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Madagaskarda 25 sentyabr kuni "Z avlodi" harakati tomonidan tashkil etilgan namoyishlar boshlandi. Dastlab namoyishchilar suv va elektr energiyasidan foydalanishni talab qilishdi, shuningdek, Madagaskardagi sog‘liqni saqlash tizimi holati va korrupsiya darajasini tanqid qilishdi. Shundan so‘ng namoyishchilar prezidentning iste’fosini talab qila boshladilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tartibsizliklar natijasida kamida 22 kishi halok bo‘lgani va 100 dan ortiq jarohat olgani haqida xabar bergan, biroq mamlakat rasmiylari bu ma’lumotni rad etgan. 29 sentyabr kuni Andri Radzuelina hukumatni iste’foga chiqardi, ammo noroziliklar davom etdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 millionlik Madagaskar aholisining faqat uchdan bir qismi elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega.

Kiritildi: 10:00 12.10.2025. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!