Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlar mukofotlandi

Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlar mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehr va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlansin:

Kuanishbayeva Gulayim Maxambetali qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Srajatdinov Amanbay Konisbay uli - Nukus shahridagi «Real Innovatsiya NKS» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Turdaliyev Sardorbek Sherali o‘g‘li - Baliqchi tumanidagi «Academy IT Star» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati

Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati bo‘yicha bosh mutaxassisi

Ostonov Og‘abek O‘lmas o‘g‘li - Jondor tumanidagi «Sharif Nafosat» mas’uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi, Buxoro viloyati

Sattorov Elbek Xoliqul o‘g‘li - Baxmal tumanidagi «Azzam Elbekovich» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Hoshimova Shaxlo Ulug‘bek qizi - Jizzax politexnika institutining qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti, Jizzax viloyati

Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - Muborak tumani «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati

Xo‘jayeva Roxilabonu Saidusmon qizi - «Uzbekistan GTL» mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati

Bafoyev Sherzod Ixtiyor o‘g‘li - Konimex tumanidagi «Boymurod» oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Navoiy viloyati

Saidova Sevinch Asatillo qizi - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati

Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati

Xusanov Muxammadali Alisher o‘g‘li - Uychi tumanidagi «Sanlitun» mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati

Anorov Bohodir Qobiljon o‘g‘li - Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Shodiyeva Madina Nuraliyevna - Samarqand shahridagi Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi gid-ekskursovodi, Samarqand viloyati

Ortiqboyeva Hilola G‘ulomjon qizi - Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Sirdaryo viloyati

Turdiqulov Islom Hayitboy o‘g‘li - Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali kimyo-texnologiyalar kafedrasi dosenti, Sirdaryo viloyati

Ashurova Maftuna Ortiq qizi - Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining raqamli iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich - Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

G‘ofurova Dinora Alisher qizi - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Toshkent viloyati

Raxmatullayev Farxodjon Rustamjon o‘g‘li - Quyi Chirchiq tumanidagi «Sofia Ticaret» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Xasanov Xayitboy Xisenjonovich - So‘x tumani «Sarikanda» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg‘ona viloyati

Xoliqova Gulira’no Yulchiboy qizi - Rishton tumanidagi «Xoliqov Yo‘lchiboy» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati

Yuldoshev Usmonbek Umarbek o‘g‘li - Urganch shahridagi «Glass Pro» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Xorazm viloyati

Ne’matov Miraziz Mirali o‘g‘li - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Tanlanganlar» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Urikguli» ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri

Zaripova Barno Ikrom qizi - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi

Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi «Loyihalar boshqaruvi markazi» nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi

Mullodjanova Munisa Axmadjonovna - O‘zbekiston volontyorlar assosiasiyasi loyiha menejeri

Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantasiyasi bo‘limi jarrohi

Tulanova Sevaraxon Baxodirjon qizi - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti uslubchisi

Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - «Yuksalish» nodavlat ta’lim muassasalari ta’sischisi

Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

SH.Mirziyoyev

Kiritildi: 19:38 27.06.2024. O'qildi: 970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!