Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ma’lum qilindi.
Agentlikka volontyorlik faoliyati sohasida bir qator vakolatlar berilmoqda. Jumladan:
- volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
- volontyorlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
- volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritadi;
- volontyorlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Deputatlar agentlikka yangi vakolatlar berish to‘g‘risidagi qonunni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilgan.