Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Yoqilg‘i quyish shoxobchasining katta operatori qo‘lga olindi

Yoqilg‘i quyish shoxobchasining katta operatori qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro F.G. «R.n.» MCHJning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasining katta operatori vazifasida ishlab kelib, tadbirkorning 231 mln so‘mlik dizel va benzin yoqilg‘isini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:28 07.06.2023. O'qildi: 1476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!