27 noyabr, dushanba kuni kuchli qor bo‘roni tufayli Ruminiyaning besh okrugidagi maktablar masofaviy ta’limga o‘tdi.
Bu haqda mamlakat ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“27 noyabr, dushanba kuni Braila, Konstansa, Kalarasi, Galati va Tulcha okruglaridagi universitetgacha bo‘lgan ta’lim bo‘limlarida jismoniy ishtirok etgan holda o‘qitish faoliyati to‘xtatildi”, — deyiladi RIA Novosti xabarida.