Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Yo tavba! Meksikada dekabrning ilk kuni 127 ta qotillik sodir etildi

Yo tavba! Meksikada dekabrning ilk kuni 127 ta qotillik sodir etildi

1 dekabrda Meksikaning turli qismlarida 127 ta qasddan qotillik sodir etish jinoyati qayd etildi. Ta’kidlanishicha, dekabrning ilk kuni joriy yil boshidan eng ko‘p qotillik sodir etilgan kun bo‘lgan. Bu haqda Noticias MVS radiostansiyasi xabar berdi. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, noyabrda Meksikada kuniga 79 taga yaqin qotillik sodir etilgan. Joriy yilda Guanaxuato, Quyi Kaliforniya, Mexiko, Xalisko va Gerrero shtatlarida zo‘ravonlikning yuqori darajasi kuzatilmoqda. Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador 1 dekabrda, prezident lavozimini bajarishga kirishganining birinchi yilligida jinoyatchilik darajasini pasaytirishni hukumati oldida turgan ustuvor vazifa deb atagan.

Umuman olganda, Meksikada joriy yilning yanvar-oktyabr oylari 29,5 mingdan ko‘proq qasddan qotillik jinoyati sodir etilgan. Zo‘ravonlikning bunday avj olishiga javobgarlik katta darajada narkomafiya zimmasidadir.

Kiritildi: 06:34 03.12.2019. O'qildi: 1990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!