Millatlar Ligasi finalidan keyin bir qator muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda Portugaliya yetakchisi Krishtianu Ronalduning ustidan kulishdi.
Gap shundaki, garchi Krishtianu yarim finalda uchta gol urgan bo‘lsa-da, Bernardu Silva turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Silva esa Ronalduning yoniga borib, "Xafa emasmisan?" degandek so‘radi. Krishtianu "yo‘q" degandek bosh chayqadi, ammo uning yuzidagi ifoda buning aksini ko‘rsatayotgandek edi. Ayni shu jihat muxlislarning e’tiborini tortdi.
«Qarang, Silva eng yaxshi deb topilganida "etakchi" qanday baxtli", deb yozdi muxlislardan biri. «Ko‘zida yoshlar», — deb yozdi boshqa bir muxlis. «U yig‘isini hatto yashirmayapti ham», — dedi uchinchi futbolchi.
Xo‘sh, Ronaldu chindan ham yig‘laganmidi?
Look how happy “the leader” was when Bernardo got announced as the POTT ? pic.twitter.com/0Wovx7tZj7
— Gabs ???? (@gabsique95) June 9, 2019