Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “P.K.” MCHJ mas’ul shaxslari Yashnobod tumani, “Go‘zal” MFY hududidagi binosida va Mirzo Ulug‘bek tumani, “Olimlar” MFY mas’ul shaxslari MFY binosida suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 236,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qamashi va Chiroqchi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “U.B.” fermer xo‘jaligi rahbari S.B. va “O.R.” fermer xo‘jaligi rahbari G‘.T.lar suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 81 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:39 11.08.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!