Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasiga sud qarorlari asosida banklar foydasiga kredit qarzdorliklari undiruvi uchun “Nexia 3” va “Lacetti” avtomobillari garov mulki sifatida qaratilish to‘g‘risidagi ijro varaqalari kelib tushdi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlar qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib, o‘z avtomobillarini yashirib kelgan. Shu sababli, avtomobillarga nisbatan qidiruv e’lon qilindi, hamda garov mulkini taqdim etmaganlik uchun ma’muriy jarimalar qo‘llandi.
Boshqarma Surishtiruv va ma’muriy amaliyot shu’basi xodimlari qarzdorlarga Jinoyat kodeksining 233-moddasiga asosan (garovga qo‘yilgan mulkni qonunga xilof ravishda yashirish) jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi tushuntirildi.
Natijada, qarzdorlar o‘z avtomobillarini taqdim etishdi va ular jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Endilikda ushbu avtomobillar elektron onlayn savdolarida sotiladi, va tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltiriladi.