Tramp Venesuelaga qarshi harbiy harakatlar boshlanishi masalasida ikkilanmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
"Venesuela rahbariyatiga oid “asosiy masalalar” ham hali hal etilmagan. AQSh prezidenti hozircha maslahatchilari bilan harbiy variantlar bo‘yicha maslahatlashishni davom ettirmoqda", deya yozmoqda gazeta.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Oq uy Venesuelada hokimiyatni almashtirishni xohlash-xohlamasligi yoki muayyan yon berishlarga borish masalasida yakuniy qarorga kelmagan.