Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yashash uchun eng qulay shaharlar nomlari aytildi

Yashash uchun eng qulay shaharlar nomlari aytildi

Har yili Britaniyaning Economist jurnali tomonidan o‘tkaziladigan tanlovga ko‘ra, Vena yana bir bor yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 

O‘tgan yili Vena ilk bor Avstraliyaning Melburn shahridan o‘zib ketdi. Ko‘p yillardan beri reyting yetakchisi bo‘lib kelayotgan Melburn 2019 yilda ham ikkinchi o‘rinni band etdi. Uchinchi o‘rinni, Yaponiyaning Osaku shahrini keyingi pog‘onaga tushirib yuborgan – Sidney egalladi.

Moskva 68 o‘rnini saqlab qoldi. Serbiyaning Belgrad shahrida, Xanoye (Vyetnam) va Kiyevda (Ukraina) hayot tarzi bir muncha yaxshilangan.

So‘nggi o‘rindan ikkita yuqori pog‘onalarni, o‘tgan yilgidek Dakka (Bangladesh) va  Lagos (Nigeriya) egalladi. Reytingning eng so‘nggi pog‘onasini, mutaxassislar tomonidan yashash uchun eng noqulay shahar deb topilgan - Damashq egalladi.

Reyting o‘ttizdan ortiq ko‘rsatkichlar asosida tuziladi, jumladan, barqarorlik, sog‘liqni saqlash darajasi, mamlakatni madaniy rivojlanishi, ta’lim sohasi, atrof-muhit tozaligi va infrastruktura rivoji.

Kiritildi: 06:15 05.09.2019. O'qildi: 2635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!