Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yarim yilda uchinchi marta: Putin armiya safini yana kengaytirdi

Yarim yilda uchinchi marta: Putin armiya safini yana kengaytirdi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin armiyaning shtatdagi umumiy sonini 2 426 130 kishiga yetkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Shundan harbiy xizmatchilar soni 1 510 000 dan 1 535 000 kishigacha ko‘paytirildi.

Farmon 1 avgustdan kuchga kiradi. Hujjatda qayd etilishicha, bu kabi o‘zgarishlar RF Qurolli Kuchlari tarkibida harbiy-qurilish bo‘linmalari tashkil etilishi bilan bog‘liq.

Armiyaning shtatdagi sonini (2 399 130 kishigacha) oshirish to‘g‘risidagi avvalgi farmon bir oycha muqaddam imzolangan edi. Ushbu qaror nima sababdan qabul qilinganiga aniqlik kiritilmagan.

Bu so‘nggi yarim yil ichida armiya sonining uchinchi bor o‘zgarishidir. Bundan oldingi ikkita farmon 2026 yilning mart va iyun oylarida imzolangan edi.

Umuman olganda, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri Putin ortiqcha to‘siqlarsiz armiya safini olinchi marotaba kengaytirmoqda.

Kiritildi: 23:45 27.07.2026. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!