Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Yarim milliard yevrodan ko‘p: Ronaldu Saudiyada 2 yilda o‘ta dahshatli summa ishlab topadi

Yarim milliard yevrodan ko‘p: Ronaldu Saudiyada 2 yilda o‘ta dahshatli summa ishlab topadi

Portugaliyalik 40 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu sport tarixidagi eng daromadli shartnomani imzoladi.

The Sun xabariga ko‘ra, futbolchi «An Nasr» bilan 2027 yilning yoziga qadar yangi bitimni imzo chekdi. Bu muddat davomida u 575, 6 million yevro maosh oladi.

Ronaldu yiliga 178 mln funt maoshdan tashqari 24,5 mln funt miqdorida bonus oladi. Agar u shartnomasining ikkinchi yilida klubda qolsa, yana 38 mln funt miqdorida qo‘shimcha bonus puliga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Krishtianu jamoaning 15 foiz aksiyasi, ya’ni 33 mln funtga egalik qiladi. Saudiya Arabistonining «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritsa, 4 mln funt, «An Nasr» kubok yutsa, 8 mln funt miqdoridagi bonuslarga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Saudiya kompaniyalari bilan homiylik shartnomalarini imzolaydi va bundan 60 mln funtgacha daromad topishi mumkin.

Yangi bitimga ko‘ra, klub Ronalduga 16 nafar xodimni biriktiradi: uch nafar haydovchi, 4 nafar xizmatchi, ikki oshpaz, uch bog‘bon va 4 nafar qo‘riqchi.

Kiritildi: 23:31 26.06.2025. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!