Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevga u bilan uchrashish uchun kelgan rossiyalik biznesmen Roman Abramovich bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda u Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
U Kiyevga kelgan edi. “Sizga bevosita yetkazishim kerak bo‘lgan xabar bor. Shuningdek, sizdan xabar olib, uni Putinga yetkazmoqchiman”, dedi. Biroq buni oshkor qilmasdan, imi-jimida amalga oshirish kerakligini aytdi. Men esa “Bu sizning tanlovingiz. Biz uchun buning ochiq yoki yopiq tarzda bo‘lishining farqi yo‘q”, deb javob berdim, dedi Zelenskiy.
Zelenskiyning fikricha, Abramovich Kiyev tinchlik muzokaralari masalasida nimalarga tayyor ekanini bilmoqchi bo‘lgan. Zelenskiy esa unga Ukraina Rossiyaga Donbassni bermasligini aytgan.
Bu asosiy xabar edi. “Biz ketmaymiz, sizga bunday yo‘l bilan g‘alaba qozonish imkonini bermaymiz”, dedim, deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Tomonlar, shuningdek, qaysi masalalarda murosaga borish mumkinligini ham muhokama qilgan. Zelenskiy Abramovichga o‘t ochishni to‘xtatishga erishilganidan keyingina murosaga kelish imkoniyati borligini bildirgan.
5 iyun kuni Vladimir Putin Sankt Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi davomida Zelenskiy bilan uchrashish uchun Kiyevga rossiyalik biznesmenlardan biri borganini ma’lum qilgandi.