Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Eron hududidan Isroil tomon ballistik raketalar uchirilganini qayd etdi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi. Nashrning ma’lum qilishicha, mamlakat shimolida havo hujumi xavfidan ogohlantirish e’lon qilingan.
Avvalroq Tehron Isroilning Bayrut janubiga bergan aviazarbasiga “keskin va og‘riqli” javob qaytarishga va’da bergan edi. Shuningdek, Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibof ushbu zarbadan so‘ng AQShning Yaqin Sharqdagi ob’ektlari Eron hujumlari uchun “qonuniy nishon”ga aylanganini aytgandi.
SAXAL 7 iyun kuni Bayrut janubidagi “Hizbulloh” harakati infratuzilmasiga zarba berilgani haqida xabar qilgan edi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida ikki nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan, kamida 17 kishi jarohatlangan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ushbu zarba “Hizbulloh”ning mamlakat shimoliga qarata uchirgan raketalariga javob bo‘lganini ta’kidlagandi.