Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha sobiq inspektor-psixolog voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining:

  • 118-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish);
  • 129-moddasi 3-qismi (zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish);
  • 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan olib borilgan jinoyat ishi tergovi natijasiga ko‘ra, ayblov xulosasi bilan tamomlangan.

Hujjatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli sudlovga yuborilgan. Voqea qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

«Boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlar orqali asossiz va tuhmatdan iborat, jamoatchilikni chalg‘ituvchi axborotni tarqatish bilan bog‘liq harakatlari voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinoyat sodir qilgan shaxsni javobgarlikdan qutulib qolishi uchun xizmat qilmaydi. Jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligini yana bir bor eslatib o‘tadi», – deyiladi prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Telegram’dagi «Negativ kanali» xabariga ko‘ra, A.R. 14 yoshli qizni xizmat xonasiga olib borib, unga nisbatan jinsiy harakatlar sodir etgan.

Kiritildi: Bugun 16:01. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!