Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Kiyev Vashingtonga yashirin signal berdi

Kiyev Vashingtonga yashirin signal berdi

Kiyev Vashington bilan tabiiy boyliklarni qazib olish bo‘yicha kelishuvni sekinlashtirish haqida yashirin signal berdi.

Bu haqda Ukrainaning "Strana" nashri tog‘-kon sanoati bilan bog‘liq manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp o‘rtasidagi munosabatlar uzil-kesil yomonlashganidan keyin, mana bir necha oydirki ushbu shartnoma bo‘yicha amalda hech qanday harakat yo‘q. AQShdagi istiqbolli sarmoyadorlar ham urushning tugash muddatlariga ishonchlari komil bo‘lmagani sababli kutish pozisiyasini egallashgan.

Ma’lumot uchun, Kiyev va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida 2025 yilning may oyida imzolangan bitim Ukrainadagi konlarni — neft-gaz aktivlaridan tortib litiy va nodir yer metallari zaxiralarigacha birgalikda o‘zlashtirishni nazarda tutadi.

Kiritildi: Bugun 12:51. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!