Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Eronni yoqlagan kuvaytlik teleboshlovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Eronni yoqlagan kuvaytlik teleboshlovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Kuvayt sudi davlat telekanali boshlovchisi Zaynab Dashtini ijtimoiy tarmoqlardagi Eronni qo‘llab-quvvatlash sifatida baholangan postlari sababli uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Apellyasiya sudi ham ushbu hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Yangiliklar va siyosiy shoular boshlovchisi sifatida ishlagan Dashti “dushman davlatga xayrixohlik bildirish, konfessiyalararo adovatni qo‘zg‘atish va milliy xavfsizlikka putur yetkazish” ayblovlari bo‘yicha aybdor deb topildi.

Kiritildi: Bugun 14:51. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!