Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yaqin Sharqdagi ziddiyat sababli aviayoqilg‘i narxining oshishi aviakompaniyalarning bankrotligiga olib kelishi mumkin

Yaqin Sharqdagi ziddiyat sababli aviayoqilg‘i narxining oshishi aviakompaniyalarning bankrotligiga olib kelishi mumkin

Bu haqda Xalqaro havo transporti assosiasiyasi (IATA) rahbari Villi Uolsh ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kichik va moliyaviy jihatdan zaif tashuvchilar eng ko‘p zarar ko‘radi. Natijada, ba’zi kompaniyalar bozorni tark etishi va ularning aktivlari yirikroq raqobatchilar qo‘liga o‘tishi mumkin.

Uolsh, shuningdek, aviakompaniyalar yoqilg‘i xarajatlarining o‘sishini qoplash uchun rentabelli bo‘lmagan yo‘nalishlarni qisqartirishga va aviachiptalar narxini yuqori saqlab qolishga majbur bo‘lishlarini qayd etdi, deb yozadi Reuters agentligi.

Kiritildi: Bugun 18:41. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!