Bloomberg nashri Eron, ehtimol, AQShni javob zarbasi nishonlari haqida ogohlantirishi, bu esa mojaroni hal qilishga imkon berishi haqida yozdi.
2020 yil yanvarda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganda Tehron shu tarzda Vashingtonni ogohlantirib, zarba bergan va mojaro bosti-bosti bo‘lgan.
Agentlik hozir voqealar shu ssenariy asosida borsa, Tramp Isroilni Eronga zarbalarni to‘xtatishga ko‘ndirishini ta’kidlamoqda.
Shu bilan birga, AQSh arab rasmiylaridan Eronga Isroil mojaroga tezda barham berishni xohlayotganini bildirishni so‘radi va Tehron AQSh hujumiga (https://t.me/sputnikuzbek/52882) javob berishga "majbur" ekanini aytdi, deb yozadi WSJ.