Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaqin Sharqda yana urush havosi: Tramp Eron taklifidan norozi

Yaqin Sharqda yana urush havosi: Tramp Eron taklifidan norozi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan ilgari surilgan so‘nggi taklifdan noroziligini bildirdi. Gap mojaroni bosqichma-bosqich hal qilish va ayrim masalalarni, jumladan yadroviy dasturni keyingi bosqichga qoldirish haqida bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron Vashingtonga urushni to‘xtatish bo‘yicha yangi shartlar taklif qilgan. Unda avval harbiy harakatlarni to‘xtatish, keyin esa Hormuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Biroq AQSh bu yondashuvni yetarli deb hisoblamayapti. Donald Tramp ma’muriyati Eronning taklifini muammoni cho‘zishga urinish sifatida baholamoqda.

So‘nggi vaziyat fondida Yaqin Sharqda keskinlik yana kuchayib, harbiy qarama-qarshilik xavfi saqlanib qolmoqda.

Kiritildi: 21:27 28.04.2026. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!