Tramp yaqin kunlarda Isroil tomonidan Eronga qarshi yangi keng ko‘lamli zarbalar berilishi mumkinligini anglatdi.
«Keyingi ikki kun ichida bilib olasizlar. Hozircha hech kim bosimni kamaytirmadi», — dedi AQSh prezidenti Air Force One samolyoti bortida, deb xabar berdi Reuters.
Isroilning AQShdagi elchisi (video orqali) ham juma kuni yangi yirik harbiy operasiyalar bo‘lishini ma’lum qildi.
«Biz allaqachon bir qancha kutilmagan zarbalarni amalga oshirdik. Hammasi biraz tinchigach, payshanba kechasi va juma kuni shunday syurprizlarni ko‘rasizki, "peydjer" operasiyasi deyarli oddiydek tuyuladi», — dedi Yexiel Leyter.
Shu bilan birga, Tramp Uitkoff yoki Vensni Eron bilan muzokaralar uchun yuborishi mumkinligini bildirdi. AQSh prezidenti hali ham yadroviy kelishuv tarafdori ekanini aytdi.
Isroil matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Eronga «oxirgi imkoniyat» taklifini taqdim etadi va agar rad etilsa, AQSh ham hujumlarga qo‘shilishi mumkin.