Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyaning yangi bosh vaziri Kim Chen In bilan shaxsan uchrashishga tayyorligi haqida gapirmadi

Yaponiyaning yangi bosh vaziri Kim Chen In bilan shaxsan uchrashishga tayyorligi haqida gapirmadi

Yaponiyaning yangi bosh vaziri Sigeru Isiba o‘zidan oldingilaridan farqli o‘laroq, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga tayyorligi haqida gapirmadi.

Bu haqda TASS xabar berdi.

Parlamentdagi birinchi asosiy nutqini so‘zlagan Isiba Shimoliy Koreya razvedkasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Yaponiya fuqarolari muammosini tezda hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga va’da berdi, biroq o‘zidan oldingi uch nafar bosh vazir – Fumio Kisida, Yosixide Suga va Sindzo Abedan farqli o‘laroq, u o‘zining Kim Chen In bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga tayyorligi haqida gapirmadi.

Sindzo Abe ilk bor 2018 yilda KXDR yetakchisi bilan uchrashish niyatida ekanligini bildirgandi.

Kiritildi: Bugun 10:22. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!