Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 238 kishiga yetdi

A A A
Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 238 kishiga yetdi

Yaponiya g‘arbidagi Ishikava prefekturasidagi Nota yarim orolida yanvar oyining birinchi haftasida sodir bo‘lgan ketma-ket zilzila qurbonlari soni 238 nafarga yetdi.19 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

Gubernator Ishikava ma’muriyatining xabar berishicha, vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 15 mingdan ortiq odam qolmoqda.

Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yanvardan 5 yanvargacha Noto yarim orolida va Ishikava qirg‘oqlari yaqinida 5 dan 7 ballgacha bo‘lgan ko‘plab zilzilalar sodir bo‘lgan.

Yaponiya dunyodagi zilzilalarga eng ko‘p moyil bo‘lgan o‘nta davlatdan biri bo‘lib, ko‘pincha halokatli zilzilalar oqibatlaridan aziyat chekadi.

Tinch okeanining olov halqasida joylashgan Yaponiya o‘z tarixi davomida bir necha marta halokatli zilzilalarni boshdan kechirgan.

Tinch okeanining olov halqasi Tinch okeanining perimetri atrofida eng faol vulqonlar va ko‘plab zilzilalar bo‘lgan hududdir.

1995 yildan beri Yaponiyada 6 yoki undan yuqori magnitudali 70 ga yaqin zilzila sodir bo‘lib, o‘n minglab odamlar halok bo‘ldi.

Kiritildi: 21:35 01.02.2024. O'qildi: 1227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!