Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaponiyadagi siyosiy partiya o‘zining yangi rahbari sun’iy intellekt bo‘lishini ma’lum qildi

Yaponiyadagi siyosiy partiya o‘zining yangi rahbari sun’iy intellekt bo‘lishini ma’lum qildi

Yaponiyaning “Uyg‘onish sari yo‘l” siyosiy partiyasi sun’iy intellekt uning “yangi rahbari”ga aylanishini ma’lum qildi, deb xabar berdi AFP.

Ma’lumotlarga ko‘ra, partiyaning avvalgi yetakchisi Sindzi Isimaru partiyaning iyul oyida bo‘lib o‘tgan yuqori palata saylovlarida yomon natija ko‘rsatgani uchun iste’foga chiqqan. Isimaru yanvar oyida “Uyg‘onish yo‘li”ga asos solgan, u avval Yaponiya g‘arbidagi kichik Akitakata shahri hokimi bo‘lib ishlagan. Partiyaning aniq siyosiy platformasi yo‘q, uning a’zolari o‘z dasturlarini shakllantirishda erkindir. Isimaru o‘rniga ichki saylovda g‘alaba qozongan 25 yoshli aspirant Koki Okumura “Yangi rahbar sun’iy intellekt bo‘ladi”, deb e’lon qildi.

AFP ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy intellekt bo‘yicha tahsil olayotgan universitet talabasi o‘zi partiya “yangi rahbari”ning yordamchisi sifatida faoliyat yuritishini ma’lum qilgan. Rasmiy ravishda “Uyg‘onish sari yo‘l”ni boshqaradigan Okumuraning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektni ishga tushirish tafsilotlari, shu jumladan ushbu rejani amalga oshirish muddati va usullari hali aniq emas. Biroq, uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt partiya a’zolarining siyosiy faoliyatini belgilamaydi, aksincha, guruh a’zolari o‘rtasida resurslarni taqsimlash kabi vazifalarni bajaradi.

Hisobotga ko‘ra, iyun oyida bo‘lib o‘tgan Tokio prefekturasi uchun parlament saylovlarida “Uyg‘onish sari yo‘l” partiyasidan 42 nafar nomzodning hech biri qonun chiqaruvchi organdan o‘rin olmagan. Iyul oyida partiya Yaponiya parlamenti yuqori palatasiga 10 nafar nomzodni ilgari surdi, ularning barchasi mag‘lub bo‘ldi, deb xabar berdi tass.ru.

Kiritildi: 14:34 17.09.2025. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!