Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Bayden moliyaviy jihatdan qiynalmoqda?!

Bayden moliyaviy jihatdan qiynalmoqda?!

AQShning sobiq prezidenti Bayden moliyaviy jihatdan qiynalmoqda va oddiy hayot kechirmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

82 yoshli Bayden o‘zidan demokrat o‘tmishdoshlariga qaraganda ancha kamtarona hayot kechirmoqda – uning yoshi kattaligi, Demokratik partiyadagi mashhur emasligi va Trampning ehtimoliy ta’siridan xavotirlari tufayli uning jamoat yoki korporativ faoliyat uchun imkoniyatlari cheklangan, deb yozadi gazeta.

Sobiq prezident Bayden prezidentlikdan keyin o‘zi kutganidan ko‘ra kamroq daromad olishga majbur bo‘lmoqda.

Ishonchli manbalarning ma’lum qilishicha, uning ma’ruzalari uchun to‘lovlar 300-500 ming dollar atrofida. Buyurtmachilar kam, hatto ba’zi tashkilotlar bu summani yanada pasaytirishga urinishgan.

Ayni damda taxminan Baydenga 10 million dollarlik kitob shartnomasi sezilarli moliyaviy yordam berishi taxmin qilinmoqda. Bayden, shuningdek, federal xizmatdan yiliga 416 ming dollargacha pensiya oladi, shundan taxminan 250 ming dollari - sobiq prezident sifatida va 166 ming dollargacha - Kongressdagi va vise-prezident lavozimidagi yillar uchun.

Kiritildi: 20:45 17.09.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!