Eng muhimi, ular Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishi mumkin, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Sergey Lavrovning boshqa bayonotlari:
◾️ Hududlarni almashish yoki Putinni AQSh bilan savdo aloqalarini tiklash va’dasi bilan aldash orqali Ukraina masalasini hal qilishga urinishlar samara bermaydi;
◾️ Rossiya armiyasi hech qachon tinch aholi punktlariga zarba bermaydi. Aksincha, Kiyev tomonidan xalqaro gumanitar huquq buzilishi yaqqol ko‘rinmoqda va buni inkor qilib bo‘lmaydi;
◾️ BMT Kiyev rejimini oqlab, uning harakatlariga ko‘z yummoqda;
◾️ Qo‘shma Shtatlarda ham Ukrainadagi inson huquqlari buzilishi qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanini yaxshi tushunishadi;
◾️ Yevropa va Kiyev prezident Trampni tinchlik o‘rnatish bo‘yicha harakatlardan voz kechishga majbur qilishga urinmoqda va Ukraina bo‘yicha kelishuvni izdan chiqarmoqchi;
◾️ Yevropa surbetlarcha Ukraina bo‘yicha muzokaralar stolidan joy olishga urinmoqda. Yevropaliklarning hozirgi pozisiyasini hisobga olsak, ular muzokaralarda qatnashishga loyiq emas;
◾️ AQSh ma’muriyati Ukraina mojarosining asosiy sabablarini, jumladan, Kiyevning NATO'ga qo‘shilishi masalasini bartaraf etish zarurligini tushunmoqda.