Tramp ukrainalik jurnalistga Ukrainadagi urushni to‘xtatishga va’da berdi
"Ikki oy oldin siz Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimining 17 ta uchirish qurilmasi yetkazilishini e’lon qilgan edingiz", – deya savolini boshladi jurnalist.
"Siz qayerdansiz?", – deb uni gapini bo‘ldi Tramp.
"Ukrainadan", – deya javob berdi jurnalist.
"Men Ukrainani sevaman, ukrain xalqini ham sevaman. Lekin sizning mamlakatingizda juda katta muammolar bor. Bu hech qachon bo‘lmasligi kerak edi, bu urush boshlanmasligi kerak edi, lekin men uni to‘xtataman. So‘nggi 8 oyda men 7 ta urushni to‘xtatdim. Men bu eng osoni bo‘ladi deb o‘ylagandim, chunki men Putinni juda yaxshi bilaman. Lekin unday bo‘lmadi. Chunki Zelenskiy bilan Putinning o‘rtasida juda kuchli nafrat bor. Ammo biz buni to‘xtatamiz", – dedi AQSh prezidenti.