Yaponiyaning Kyusyu orolida yuz bergan zilzila oqibatida kamida 50 kishi jarohat olib, shifoxonalarga yotqizildi. Bu haqda Kumamoto prefekturasining Xikava shahrida joylashgan Yasusiro shimoliy mintaqaviy tibbiyot markazi ma’lumotiga tayanib NHK telekanali xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, jarohatlangan 50 nafar shaxsdan o‘ntasi podzem asiriy silkinishlar vaqtida «Xayaoen» qariyalar uyida tan jarohati olgan.
Shu bilan birga, prefekturada 12 ta uyning vayron bo‘lishi hamda 4 ta holatda odamlar vayronalar ostida qolib ketgani qayd etilgan. Ushbu ko‘ngilsiz hodisalarning aksariyati Yasusiro shahrining Kagami-machi tumanida yuz bergan.