Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiyadagi JATA xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘z milliy stendi bilan ishtirok etmoqda

Yaponiyadagi JATA xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘z milliy stendi bilan ishtirok etmoqda

22 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahridagi xalqaro ko‘rgazma markazida “JATA Tourism Expo Japan 2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Bir tur - butun mintaqa” tamoyili ostidagi qo‘shma turizm dasturlarini yaratishga doir tashabbusini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston delegasiyasi Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi, Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi hamda Markaziy Osiyo davlatlari turistik administrasiyalari bilan hamkorlikda yaratilgan yagona stendda ishtirok etmoqda.

“Turizm sohasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan mamlakat milliy iqtisodiyotining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. Sohadagi islohotlar natijasida viza rejimi soddlashtirildi, elektron viza joriy etildi, turizm biznesi vakillariga qator imtiyozlar berildi, shu bilan birga, mavjud turistik maskanlaridan tashqari barcha hududlarda yangidan-yangi turistik ob’ektlar barpo etilmoqda.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston va Yaponiya turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Yaponiyaliklarning O‘zbekistonga sayohati tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi, zero bu mamlakatning savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalari Buyuk Ipak yo‘li orqali rivojlangan”, - dedi “JATA Tourism Expo Japan 2022” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendini ochib bergan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov va ko‘rgazmaga ishtirokchilari hamda Yaponiya turistik biznes vakillarini O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.

Yaponiyadagi JATA xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘z milliy stendi bilan ishtirok etmoqdaYaponiyadagi JATA xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘z milliy stendi bilan ishtirok etmoqdaYaponiyadagi JATA xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘z milliy stendi bilan ishtirok etmoqda

O‘zbekiston stendi ochilishida, shuningdek, Yaponiya turizm agentligi raisi Koichi Vada ham ishtirok etib, so‘zga chiqdi va barchaga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining madaniyat sohasi vakillari tomonidan o‘zbek milliy san’ati namunalari ijro etildi va bu ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, “JATA Tourism Expo Japan 2022” xalqaro ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik turoperatorlar ham ishtirok etib, yaponiyalik turoperatorlar va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan hamkasblari bilan B2B uchrashuvlarda qatnashishmoqda.

Kiritildi: 10:06 23.09.2022. O'qildi: 1314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!