Xabarlarga ko‘ra, xodimlar kondensat yig‘ish uchun mo‘ljallangan omborlardan xavfli bug‘ ajralib chiqqanini qayd etishgan. Hodisa yuz bergan vaqtda "Onagava" AES sinov rejimida ishlayotgan bo‘lgan va stansiya tijoriy faoliyatini qayta tiklashga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
Yakunda navbatdan tashqari texnik ko‘rik o‘tkazish uchun ikkinchi energiya blokini to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.
Radioaktiv moddalarning stansiya hududidan tashqariga chiqib ketgani aniqlanmagan.