Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Xorijiy diplomatlar Kiyevda Rossiya havo hujumi sodir bo‘lgan joyga tashrif buyurishdi

Xorijiy diplomatlar Kiyevda Rossiya havo hujumi sodir bo‘lgan joyga tashrif buyurishdi

14 may kechasi Rossiyaning Kiyevga hujumi natijasida 24 kishi, jumladan, uch bola halok bo‘ldi. Yana 48 kishi jarohat oldi.

Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasda e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, vazirlik ko‘magida Ukraina poytaxtining Darniskiy tumanidagi to‘qqiz qavatli turar-joy binosiga Rossiya raketa zarbasi berilgan joyga Ukrainada akkreditasiyadan o‘tgan boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning 60 dan ortiq diplomatik vakolatxonalari rahbarlari uchun tashrif tashkil etildi. Ishtirokchilar qurbonlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati rahbari Andrey Danik diplomatlar uchun Rossiyaning turar-joy binosiga X-101 raketasi bilan amalga oshirgan zarbasi oqibatlari bo‘yicha brifing o‘tkazdi.

Xorijiy diplomatlarga shuningdek, 28 soatdan ortiq davom etgan qidiruv-qutqaruv operasiyasi qanday o‘tkazilgani ko‘rsatildi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Perebiynis xorijiy diplomatlar bilan suhbatda bu hujum Rossiyaning tinch aholiga qarshi yana bir nishonga olingan hujumi bo‘lganini va Moskvaning bu qonli urushni tugatishga tayyor emasligini namoyish etganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 10:01. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!