Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyada o‘qituvchi do‘konda savdo qilgani uchun ishdan bo‘shatildi

Yaponiyada o‘qituvchi do‘konda savdo qilgani uchun ishdan bo‘shatildi

60 yoshli pedagog ko‘proq pul topish maqsadida bo‘sh vaqtida uyi yaqinidagi marketda qo‘shimcha daromad qilib kelgan. Biroq xaridorlardan biri uning ustidan ta’lim departamentiga shikoyat qilgan, buni eshitgan maktab direktori bunga shaxsan guvoh bo‘lish uchun yetib kelgan. Sho‘rlik o‘qituvchi dars qoldirmagan va o‘z majburiyatlarini vijdonan bajarib kelgan bo‘lishiga qaramay, uni ishdan bo‘shatishgan.

Direktor do‘kondagi ish o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan qarorga kelgan va hatto pedagogni ota-onalar va o‘quvchilar oldida uzr so‘rattirgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Yaponiyada qo‘shimcha ish juda negativ qabul qilinadi. Ularning fikricha bu xodimning ko‘proq charchashi va asosiy ishiga mas’uliyatsiz yondasha boshlashiga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 17:00 28.07.2025. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!