Yaponiyalik ishlab chiqaruvchilar keksalar uchun turli murakkablikdagi parvarish vazifalarini bajara oluvchi robotni taqdim etdi. 150 kilogrammli humanoid robot bemorlarning tagliklarni almashtirish, yotoq yarasining oldini olish uchun ularni ag‘darib turish, ularga o‘tirishga yordam berish, paypoq kiydirish, tuxum qovurish, kiyimlarni taxlash va boshqa maishiy yumushlarni bajara oladi.
Turkiya ham shunday robotlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Chunki robotlar ham arzon ham ishonchli ekanligi ma’lum qilingan.