Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyada odamlarga cho‘chqa buyragini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha sinovlar tayyorlanmoqda

Yaponiyada odamlarga cho‘chqa buyragini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha sinovlar tayyorlanmoqda

​Meydzi universiteti huzuridagi PorMedTec startapi gen-modifikasiya qilingan cho‘chqalarni ko‘paytirishga kirishdi, deb xabar beradi Yaponiyaning The Mainichi nashri.

Hayvonlardan odamga buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha klinik sinovlarni 2028 yilda o‘tkazish rejalashtirilgan.

​"Biz ushbu usulni og‘ir buyrak yetishmovchiligi bor bemorlarni davolashning tanlov variantlaridan biri sifatida, odamdan odamga transplantasiya va dializ bilan bir qatorda ilgari surmoqchimiz", — dedi PorMedTec rahbariyati.

Loyiha ma’qullangach, sinovlar birdaniga Yaponiyaning ikkita shifoxonasida o‘tkaziladi.

Nashrning qayd etishicha, bu mamlakat uchun birinchi shunday sinovlar bo‘ladi.

​Startap 2030 yilda hayvonlardan odamlarga a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish uchun shartli ruxsatnoma olishni, 2033 yilga kelib esa odamga cho‘chqa buyragini transplantasiya qilishni standart terapiya usuliga aylantirishni mo‘ljallamoqda.

​Yaponiya kompaniyasi ushbu loyihada AQShning eGenesis Inc. biotexnologik kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda va undan cho‘chqaning gen-modifikasiya qilingan hujayralarini olmoqda. Resipiyentlar organizmi tomonidan ko‘chirib o‘tkazilayotgan a’zolarning rad etilishi oldini olish maqsadida cho‘chqa organizmiga 69 ta genetik o‘zgartirish kiritiladi.

Kiritildi: 15:23 23.07.2026. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!