39 yil avval maktab o‘quvchisini o‘ldirganlikda ayblanib, qamoq jazosini o‘tayotgan yaponiyalik Syodzi Maekava yangi tergovdan so‘ng oqlandi.
Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.
"39 yil avval Fukui shahridagi o‘rta maktab o‘quvchisini o‘ldirganlikda ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilingan 60 yoshli erkak Nagoya Oliy sudi Kanazava bo‘limi tomonidan oqlandi", — deyiladi telekanal xabarida.
Sudni qayta ko‘rib chiqish chog‘ida qotillik kechasi Maekavani qonli kiyimda ko‘rganini aytgan guvohlarning ko‘rsatmalari so‘roq qilindi. Bundan tashqari, guvohlarning ko‘rsatmalarida tergov avvalroq ko‘z yumgan yangi faktik nomuvofiqliklar aniqlandi.
Qayd etilishicha, yakuniy hukmni chiqargan sudya Maeyekavadan 39 yil davomida ko‘rgan azob-uqubatlari uchun uzr so‘ragan, Maekavaning o‘zi esa matbuot anjumanida o‘zining aybsizligini isbotlay olgani uchun o‘zini yengil his qilganini aytgan.
NHKning ta’kidlashicha, Maekava sud binosiga boshqa bir yaponiyalik sobiq mahkum Ivao Xakamataning singlisi sovg‘a qilgan shlyapa kiyib olgan, u 2025 yilda oqlanganidan keyin ozodlikka chiqqunga qadar yarim asrni o‘lim jazosida o‘tkazgan.