Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyada 7,1 va 6,1 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi

Yaponiyada 7,1 va 6,1 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi

Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lum qilishicha, Kyusyu orolida 7,1 va 6,1 magnitudali ikkita kuchli zilzila qayd etildi.

Zilzilalardan so‘ng sunami xavfi e’lon qilindi. Qator hududlarda elektr ta’minoti uzildi, yo‘llarga zarar yetdi, ayrim uylar vayron bo‘ldi va yong‘inlar yuz berdi.

Kuchli zilziladan so‘ng 50 dan ortiq odam jabrlandi.

​Hozirgi vaqtga kelib vaziyat bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

​▪️ Avval orolda 7.1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi, sunami xavfi e’lon qilindi.

​▪️ Bir soatdan kamroq vaqt o‘tgach, yana bir magnitudasi 6.1 ballik zilzila sodir bo‘ldi.

​▪️ Mahalliy OAV bir qator yo‘llar shikastlangani, ba’zi uylar vayron bo‘lganini yozmoqda. Yaponiya hukumati huzurida operativ shtab tuzildi.

▪️ Zilziladan keyingi ikki soat ichida 30 ga yaqin aftershok qayd etildi.

Meteorologlar bir hafta davomida zilzilalar takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Kiritildi: 15:55 28.07.2026. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!