Yaponiya, Xitoy va Koreya Respublikasi may oyi oxirida rahbariyat vakillarining uch tomonlama uchrashuvini o‘tkazish niyatida.
Yomiuri gazetasining yozishicha, hozirda tomonlar muzokaralarni 26-27 may kunlari Janubiy Koreyada o‘tkazish variantini ko‘rib chiqmoqda. Agar uchrashuv bo‘lib o‘tsa, unda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Suk Yol ishtirok etadi.
Ular mintaqaviy masalalar, jumladan, Shimoliy Koreya va iqtisodiy hamkorlikni muhokama qilishlari kutilmoqda.