Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Yaponiya va Xitoy - dunyo uchun javobgar davlatlar"

A A A
"Yaponiya va Xitoy - dunyo uchun javobgar davlatlar"

Yaponiya va Xitoy mintaqaviy va global miqyosda tinchlik, farovonlikni ta’minlash uchun ulkan mas’uliyatga ega, biroq bu ikki davlat o‘zaro munosabatda turli muammolarga duch kelmoqda.

Bu haqda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqaning 50 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan simpoziumda gapirdi.

“Bugungi kunda Yaponiya-Xitoy munosabati turlicha imkoniyatga ega, biroq ayni payt bir qator qiyinchilik va muammolar yuzaga kelgan. Bundan ellik yil avval ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganini eslab, yangi kelajakni shakllantirish uchun hamkorlikda ishlashimiz zarur”, dedi Yaponiya hukumati rahbari.

Kisidaning so‘zlariga ko‘ra, “Yaponiya va Xitoy ham mintaqada, ham butun dunyoda tinchlik va farovonlik yo‘lida konstruktiv, barqaror Xitoy-Yaponiya munosabatini shakllantirish bo‘yicha sheriklik qilishi lozim”, deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 00:20 30.09.2022. O'qildi: 4602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!