Yaponiya va Ukraina razvedka sohasida hamkorlik qilish niyatida, shuningdek, maxfiy ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha axborot xavfsizligi shartnomasini tuzishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi bitim «tomonlar almashadigan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish, shuningdek, tomonlarning tegishli bo‘limlari o‘rtasida axborot almashinuvini kengaytirish va qulaylashtirish» maqsadida tuziladi.